Xorvatiya madaniyati |
---|
Xorvatiya televideniyesi — 1956-yildan buyon faoliyat yuritib keladi. Xorvatiyada birinchi televizion signal Philips oʻzining televizor tizimini birinchi marotaba ommaga namoyish qilgan 1939-yilgi Zagreb yarmarkasida uzatilgan. Dastlabki muntazam eshittirishlar 1956-yilda, Yugoslaviya radio televideniye tizimidagi birinchi telestansiya Zagreb televideniyesi tashkil etilgach, boshlangan. Rangli eshittirishlarni 1972-yildan efirga uzatish boshlangan. Qamrov va kanallar soni barqaror ravishda oʻsib borib, 2000-yillarda Xorvatiyada toʻrtta kanal faoliyat yuritgan. DVB-T signallarini uzatish 2002-yilda boshlanib, 2010-yilda raqamli almashinuv toʻliq yakunlangan. Oʻsha davrda IPTV, kabel televideniye va sunʼiy yoʻldosh televideniyesi bozorlari sezilarli darajada oʻsgan. 2011-yilga kelib aholining atigi 60.7 foizi faqat DVB-T televizoridan foydalangan boʻlib, qolganlari IPTV, kabel va sunʼiy yoʻldosh televideniyesidan foydalangan.